Yangilik va maqolalar
Galassia va Synergy PharmCo Gricar Chemical SRL Italiya farmatsevtika zavodi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Gallasia va Synergy PharmCo — O‘zbekistonning biologik faol qo‘shimchalar bozoridagi yetakchi distribyutorlaridan biri bo‘lib, Synergy holdingi tarkibiga kiradi. Kompaniya xalqaro ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirmoqda.
2025-yil uchun yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik doirasida Synergy holdingining bosh direktori Daler Orziyev shaxsan hamkorlarimizning ishlab chiqarish maydonchalariga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi — mahsulotning qat’iy sifat standartlariga mos kelishini tekshirish – bu kompaniyamizning asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.
«Sifat nazorati — bu shunchaki jarayon emas, balki mijozlarimiz oldidagi majburiyatidir. Ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirish orqali har bir bosqichda belgilangan qoidalarga rioya qilinishini tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz», — dedi Daler Orziyev.